19:47 / 21.06.2016
15340

Dmitriy Peskov Putin nega Rossiya - Uels o‘yinini ko‘rmaganligiga izoh berdi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Vladimir Putin Yevro-2016 doirasida o‘tgan Rossiya — Uels o‘yinini ko‘rmagan. Bunga sabab u bu vaqtda «Lenfilm» kinostudiyasida bo‘lgan.

«Kecha prezident o‘yinni ko‘ra olmadi, chunki u bu vaqtda «Lenfilm»ga tashrif buyurdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kecha bizning futbolchilar ko‘rsatgan o‘yinni tomosha qilgandan ko‘ra, «Lenfilm»ni tiklash va qayta ta'mirlash ishlari masalasi bilan shug‘ullanish ming marta yaxshi va samaralidir. Shu bois prezident o‘yinni tomosha qilmadi», — dedi Dmitriy Peskov.

Top