17:42 / 21.06.2016
5558

Doniyor Sidiqov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘lishi kutilmoqda

Qirg‘iziston Doniyor Sidiqovni O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlashi kutilmoqda.

Qirg‘iziston Jo‘qorgu Keneshining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi uning nomzodini shu lavozimga tasdiqlagan.

Ayni vaqtda Doniyor Sidiqov Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligida stats-sekretar hisoblanadi.

Endilikda Qirg‘iziston prezidenti uni yangi lavozimga tayinlash haqidagi farmonini imzolashi kerak bo‘ladi.

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Emilbek Uzoqboyev 2016 yilning aprelida o‘z missiyasini yakunlagandi.

Top