23:05 / 21.06.2016
4710

Yevro-2016. Germaniya Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etdi va guruh g‘olibi bo‘ldi

Yevropa chempionati guruh bosqichining uchinchi tur o‘yinlari davom etmoqda. Hozirgina C guruhi vakillari o‘yinlarni tugatishdi. Guruh yetakchisi Germaniya terma jamoasi Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi Mario Gomesning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu g‘alabadan keyin Germaniya hisobidagi ochkolar soni yettitaga yetdi va ular guruh g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.

Yevro-2016. 3-tur. S guruhi
Shimoliy Irlandiya – Germaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol:
 Gomes (29).
Shimoliy Irlandiya: Makgovern, Makoli, Evans, Xyuz, Ketkart, Norvud, Evans (Makginn, 84), Dallas, Devis, Uord (Madjyennis, 70), Uoshington (Laferti, 59).
Germaniya: Noyyer, Xummels, Boateng (Xevedes, 76), Xektor, Xedira (Shvaynshtayger, 69), Kimmix, O‘zil, Kroos, Gyottse (Shyurrle, 55), Gomes, Myuller.

Top