Fan-texnika | 21:10 / 21.06.2016
4500
1 daqiqa o‘qiladi

Instagram auditoriyasi 500 millionga yetdi

Instagram’ning faol foydalanuvchilari soni 500 mln.ga yetdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bu natija YouTube, WhatsApp, WeChat va QQ xizmatlari foydalanuvchilari soniga tenglashgan. 500 mln faol auditoriya orasidan Instagram’dan har kuni foydalanadiganlar 300 mln.ni tashkil etadi. AQShda ushbu xizmatdan 100 mln kishi foydalanadi. Keyingi o‘rinlarda Braziliya (35 mln), Buyuk Britaniya va Yaponiya bormoqda. 

Foydalanuvchi bir kunda o‘rtacha hisobda 21 daqiqa vaqtini Instagram’da o‘tkazadi. Bundan tashqari, bir kunda 4,2 mlrd layk qo‘yiladi va 95 mln foto va video yuklanadi.