18:30 / 21.06.2016
3782

Nazarboyev parlament quyi palatasi spikerligiga yangi nomzodni taklif etdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, mamlakat parlamenti quyi palatasi spikeri lavozimiga davlat rahbari devonining sobiq boshlig‘i Nurlan Nigmatulin nomzodini tavsiya etgan, deb ma'lum qilgan Majilis (quyi palata) deputati Mayra Aysina.

""Nur Otan" partiyasi parlament fraksiyasi nomzodni qo‘llab-quvvatladi, chunki biz Nurlan Nigmatulin bugun taniyotganimiz yo‘q. Barchamiz u bilan ishlaganmiz", — degan Aysina jurnalistlarga.

Mayra Aysinaning qayd etishicha, Majilisning yangi spikeri, quyi palataning 22 iyun kungi majlisida taqdim etiladi.

Top