Jahon | 00:00 / 21.06.2016
15135
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya bosh shtabi: Suriya bo‘yicha sabr AQShdamas, bizda tugamoqda
Suriya ixtilofi bo‘yicha sabr AQShda emas, Rossiyada tugamoqda, deb aytdi Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Suriyadagi vaziyat bo‘yicha sabr amerikaliklarda emas, bizda tugamoqda. Biz Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish va milliy yarashuvni ta'minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarimiz va kelishuvlarni bajarmoqdamiz. Amerika tomonida esa ular nazorati ostidagi "muxolifat" bilan doimo qandaydir "murakkabliklar" yuz bermoqda", deb aytdi Gerasimov.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Jon Kerrini Suriya prezidenti Bashar Asad taqdiri masalasi bo‘yicha AQShning sabri tugayotgani haqidagi so‘zlariga javoban sabrliroq bo‘lishga chaqirgandi.