07:04 / 21.06.2016
6997

Rossiya sport vaziri: Rossiyaning Yevrodan chiqib ketishi futbolimiz saviyasini ko‘rsatdi

Rossiya sport vaziri, Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko Rossiya terma jamoasining Yevropa chempionati guruh bosqichidan chiqib ketishi Rossiya futboli qay saviyadaligini, bugungi kunda jamoada yuqori saviyadagi o‘yinchilar yo‘qligini ko‘rsatdi, deb aytdi. 20 iyunda Rossiya Uelsga qarshi uchrashuvda 0:3 hisobida yutqazdi va o‘z guruhida bir ochko bilan oxirgi o‘rinni egalladi hamda musobaqaning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

"Shunday bo‘ldi – bizda futbol saviyasi shunaqa. Buning ustida ishlash kerak. Tan olish kerakki, bizda shunday saviyadaki futbolki, yuqori saviyadagi o‘yinchilar yo‘q. Obektiv vaziyat shunday.

Bir soat ichida hech narsa qilib bo‘lmaydi – chempionat saviyasi o‘sishi, o‘yinchilar paydo bo‘lishi lozim. Bu bilan shug‘ullanish va bir-birini yo‘q qilish kerak emas. Sizga ularda me'yordagi jismoniy daraja bordek tuyuladi, biroq 6-7 o‘yinchi bunday yuqori saviyada birinchi bor ishtirok etdi. Ko‘pchilikda umuman o‘sish, intilish, takomillashishga istak yo‘qdir, bu yerda esa hammasi "qilolmayman" orqali qilinadi.

Bu yerda ko‘plab o‘ziga xos jihatlar bor: ruhiy borada tinchgina ortga qaytib, bunday musobaqalarda o‘ynashni bilish kerak. Guruhdan chiqishni o‘rganish lozim. 2008 yildan keyin futbol orqaga ketgani obektiv haqiqat. Biroq o‘shanda shunday o‘yinchilar bor edi, ular Yevropa klublarida o‘ynashardi, boshqa saviyadagi futbolchilar.

Biz barchamiz – muxlislar, millionlab odamlar dilimiz xufton bo‘lmoqda. Xulosalar chiqaramiz. Barcha qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat, buni qilishda davom eting", deb Mutko aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi TASS axborot agentligi.

Top