Turkiyaning taniqli aktyori Burak Ozchivit o‘z hamkasbi Faxriya Evjyenga uylanish niyatida
Burak Ozchivit o‘z hamkasbi Faxriya Evjyenga turmush qurishni taklif qilmoqchi. Turk kino olamining eng go‘zal juftligi hisoblangan aktyorlar uch yillik ishqiy munosabatlardan so‘ng oila qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zining "Muhtasham yuz yillik" serialidagi Bali bey roli orqali tanilgan Burak Ozchivit o‘z sevgilisi – turk aktrisasi va modeli Faxriya Evjyen bilan Rimga romantik ta'til uchun jo‘nab ketdi.
Turkiya OAV xodimlarining xabar qilishicha, aynan Rimdagi Trevi fontani oldida Burak Ozchivit Faxriya Evjyenning qo‘lini so‘rashni niyat qilgan. "Men nikoh uzugi sotib oldim va oila qurishga tayyorman", – deya aktyor mazkur yangilikga izoh beradi.
Sevishganlar Rimdan keyin Parijga yo‘l olishadi. Nikoh to‘yi sanasi haqida hozircha aniq ma'lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning bu ikki taniqli yulduzlari ilk bor "Choliqushi" (2013) serialining yangilangan talqinida birga suratga tushishgan. Keyinroq ular ijrosidagi "Sevgi senga o‘xshaydi" filmi suratga olingan.