Zara va Mango erkaklar ko‘ylaklari sog‘liq uchun xavfli deb tan olindi
Zara, Mango va Bellford ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan erkaklar ko‘ylaklari Bojxona xavfsizlik ittifoqining texnik qoidalari talablariga javob bermaydi. Bu haqida "Rossiya sifati" tadqiqotida ma'lum qilindi, deydi RNS.
Xabar qilinishicha, tadqiqotga xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mashhur brendlari tomonidan yaratilgan 800 rubldan 4 ming rublgacha bo‘lgan narxdagi 29ta erkaklar ko‘ylak namunasi jalb qilingan. Namunalarning deyarli yarmi (15tasi) Xitoy, Moldaviya, Hindiston, Bangladesh, Belarus va Turkiyada ishlab chiqarilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, "Rossiya sifati" 21ta tovarda texnik qoidalar buzilishini aniqlagan - ularning deyarli yarmi yozilgan tarkibiga mos kelmagan.
"Zara, MNG, Bellford ko‘ylak namunalaridagi mato deyarli havo o‘tkazmagan - havo o‘tkazuvchanlik parametrlariga ko‘ra, bu uch brendning ko‘ylaklari Bojxona ittifoqi texnik qoidalarining majburiy talablariga to‘g‘ri kelmaydi, demak, ular xavfsiz hisoblanmaydi", - deyiladi "Rossiya sifati" xabarida.
Buzilishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar Iste'molchilar huquqini himoya qilish va inson salomatligi sohasini nazorat qilish federal xizmati («Rospotrebnadzor»)ga topshirilgan.
Sifat standartlariga faqatgina 6ta brendning ko‘ylaklari to‘g‘ri kelgan - O'STIN (Xitoyda ishlab chiqarilgan), Greg (Belarus), H&M (Bangladesh), Oodji (Xitoy), Incity (Xitoy), Chkalov (Moldaviya).