Yagona davlat imtihonini topshirgan 85 yashar nafaqaxo‘r natijani bilishni istamayapti
21 iyun kuni Rossiyaning Ivanovo oblastida matematika bo‘yicha Yagona davlat imtihoni natijalari e'lon qilindi. Ammo, kamida bir ishtirokchi necha ball to‘plaganini aniqlashni xohlamayapti. Bu, 85-yoshli nafaqaxo‘r Yuriy Taykov bo‘lib, u ikkinchi marotaba YaDIni topshirgan.
"Mening subektiv sezgimga ko‘ra, xato yozganman, bahoim uchta minusli 3. Ammo, 2006 yildagidek, ballni bilish uchun qo‘ng‘iroq qilib ham o‘tirmayman", - degan Taykov TASSga bergan intervyusida.
Nafaqaxo‘rning aytishicha, u birinchi marotaba 2006 yilda nevarasiga dalda bo‘lish uchun YaDI topshirgan.
"YaDIsi nima ekan, deb bilishga borgandim, keyin bir paytlar medal olganim yodimga tushib, bilimimni sinab ko‘rish xohishi paydo bo‘ldi", - deb izohlagan Taykov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YaDI hozirgi ko‘rinishda talabga javob bermaydi. Chunki, mushkul trigonometrik masalalar qo‘shilganiga qaramay, belgilangan vaqt uzaytirilmagan, aksincha 4 soatligicha qolgan.
Bundan tashqari, uning fikricha, imtihon stolida trigonometriyaga oid murakkab formulalar qo‘yilishi kerak. Axir, bolalar formula uchun imtihon vaqtidan sarflashi to‘g‘rimi?" - deb murojaat qilgan Ivanovoning eng qari abituriyenti.