Fan-texnika | 19:03 / 22.06.2016
4782
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik olimlar seriallardagi voqealarni oldindan aytib bera oluvchi algoritmni yaratdi

Massachusets instituti tadqiqotchilari seriallarning keyingi qismlarida voqea qanday sodir bo‘lishi haqida aytib bera oluvchi maxsus algoritmni ishlab chiqdi.

Olimlar ushbu tajribasini TV orqali taqdim etilayotgan “Offis” hamda «O‘zimizning uy bekalari» filmlari ustida sinab ko‘rishdi.

Algoritm o‘z ishi davomida obektlarning joylashuvi, odamlar,  masofalarni o‘rganib, galdagi voqealar qanday davom etishini aniqlab berdi.

Tadqiqot ikki bosqichda o‘tkazilib, dastlab algoritm qahramonlarning  uchrashuv davomida o‘zlarini qanday tutishlari, ularning o‘zaro muloqoti davomida, ko‘rishish va qo‘l siqib qo‘yishi kabi qisqa jarayonlarni bir soniya davomida aniqlashi kerak edi. Bu hodisalarni bir soniya ichida 43 foizi aniqlashga muvaffaq bo‘lgan algoritm o‘z ixtirochilarining ishonchini oqladi.

Ikkinchi bosqichda esa bu aqlli ixtiro besh soniya ichida ekranda qaysi buyum namoyon bo‘lishi mumkinligini aniqladi.

Natijada algoritm hammasi bo‘lib 11 foiz voqea va hodislarni aniq bashorat qildi.