Jahon | 18:12 / 22.06.2016
4315
1 daqiqa o‘qiladi

Frantsuzlar britaniyaliklarni kruassanli bitiklar bilan YeIda qolishga undashmoqda

Frantsuzlar kruassanli bitiklar bilan britaniyaliklarni Yevroittifoqda qolishga undashmoqda, deb xabar beradi  Dazed. 

Parijliklar "Kruassan" operatsiyasi doirasida Londonga kelishdi. Ular birdamlikning muhimligi haqida dalolat beruvchi otkritkalarni tarqatishmoqda. 

Murojaatli bitiklardan birida "Agar siz YeIni tark etsangiz, sizni juda sog‘inaman, sizlarsiz nima qilamiz?" deyiladi.

Aktsiya Kings-Kross vokzalida o‘tkazildi, biroq politsiya ularning harakatlari noqonuniy ekanligini aytdi, zero, ovoz berish natijalariga ta'sir ko‘rsatish uchun taom yoki ichimlik tarqatish ko‘p yillar avval qonunbuzarlik deb tan olingan.