«LUKOYL» O‘zbekistondagi loyihalar uchun moliyaviy resurslarini jalb qilmoqchi
Rossiyaning "LUKOYL" neft kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalar uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida kompaniya vitse-prezidenti Aleksandr Matitsin ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "LUKOYL" O‘zbekistonda gazni qayta ishlovchi zavodning qurilish loyihasini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, shartnomaning umumiy qiymati - taxminan 2,6 milliard dollar.
U Rossiya kompaniyasining kredit vositalarini jalb qilish bo‘yicha janubiy koreyalik agentliklar bilan muzokaralar o‘tkazayotganini ta'kidladi.
"Janubiy Koreyaning eksport agentligi bilan muzokaralar olib borilmoqda, bu kompaniya mablag‘larini chalg‘itmaslik uchun loyiha moliyalashtiruvi bo‘lishi mumkin", - deya izoh berdi u.
Shuningdek Matitsin loyihada mahsulotlar taqsimotiga doir kelishuv sharti yaxshilanganini qo‘shib qo‘ydi, bu uning daromadini ko‘paytirish imkonini berdi, shu bois moliyalashtirishni jalb qilishga oid muammolar kutilmaydi.