Iqtisodiyot | 21:09 / 22.06.2016
5168
1 daqiqa o‘qiladi
McDonald's Xitoy va Honkongdagi biznesini sotib 3 mlrd dollar ishlab olishi mumkin
Tezkor taomlar tayyorlovchi McDonald's restoranlar tarmog‘i o‘zining Xitoy va Honkongdagi biznesini sotish orqali 3 mlrd dollar ishlab olishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, McDonald's 2016 yilning mart oyida Osiyodagi biznesini qayta ko‘rib chiqishini e'lon qilgan. Unga muvofiq kompaniya qat'iy xaridorlarga 20 yillik, so‘ngra yana 10 yillik imtiyozli kelishuvni taklif qilmoqda.
Manba xabariga ko‘ra, kompaniya Beijing Tourism Group, Sanpower va ChemChina singari kompaniyalardan jiddiy taklif olgan. Ushbu kelishuvga qiziqqanlar orasida Bain Capital, TPG Capital va Carlyle Group singari xalqaro fondlar ham bor.
McDonald`s yakuni ro‘yxatni yaqin haftalar ichida e'lon qilishi kutilmoqda.