Merkel: “Germaniya mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishi zarur”
GFR kansleri Angela Merkelning bayonot berishicha, Germaniya hukumati, tashqi tahdidlar tufayli mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga majbur bo‘lmoqda, deb xabar qilyapti Reuters agentligi. U Berlinda bo‘lib o‘tgan konferensiyada shu haqda so‘z yuritgan.
Merkelning e'tirofiga ko‘ra, YeIning bugungi kundagi holati shundayki, u na o‘zini tashqi tahdidlardan himoya qila oladi, na AQSh bilan transatlantik hamkorlikka umid qila oladi.
«Albatta, bu o‘z byudjyetining 1,2 foizini mudofaaga sarflayotgan Germaniya hamda 3,4 foiz byudjyet mablag‘ini shu maqsadga ajratayotgan AQShning o‘zaro yaqinlashuvini anglatadi», — degan GFR kansleri.
Shu bilan birga, Merkelning fikricha, YeIning boshqa mamlakatlari uzoq istiqbolda mudofaa maqsadlarida jiddiy xarajatlarni amalga oshirishi dargumon.