Jahon | 23:39 / 22.06.2016
3915
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yaponiya AQSh bilan birgalikda raketa hujumiga qarshi imkoniyatlarini oshirmoqchi

Yaponiya hukumati Shimoliy Koreyaning raketaviy salohiyati o‘sganini ko‘rsatgan yangi raketa uchirishlari sababli AQSh bilan birgalikda raketaga qarshi mudofaa tizimi imkoniyatlarini oshirmoqchi. Kiodo agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda 22 iyun kechki payt o‘tgan Yaponiya milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida gap ketdi. 

"O‘rta masofaga mo‘ljallangan raketa uchun zarur bo‘lgan muayyan ko‘rsatkichlar namoyish qilindi. Bu mamlakatimizda xavfsizlikni ta'minlash nuqtai nazaridan jiddiy xavotir uyg‘otadi", deb aytdi Tokioda Yaponiya mudofaa vaziri Gen Nakatani. Vazir Shimoliy Koreyaning raketasi Yaponiyaga yetib kelishi mumkinligini bilish maqsadida berilgan savolga ma'qullov javobini berdi. Birinchi marta "Musudan" turidagi raketa 2010 yilda Pxenyandagi harbiy paradda namoyish qilingan. 

Shimoliy Koreya 15 va 28 aprelda hamda 31 mayda "Musudan" turidagi ballistik raketani 4 marta muvaffaqiyatsiz uchirgandi. 22 iyunda yana ikkita shunday raketa uchirildi, Yaponiya mudofaa vazirligining baholashicha ikkinchi raketa uchirilishi muvaffaqiyatli o‘tgan.