Fan-texnika | 16:46 / 22.06.2016
4151
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla motors Solar City kompaniyasini xarid qilmoqchi

Energetika sohasida faoliyat yurituvchi Solar City kompaniyasi 10 yildirki, quyosh energetika tizimlarini loyihalash, ishlab chiqarish va o‘rnatish bilan shug‘ullanib keladi. Ayni chog‘da, Tesla Motors rahbari bo‘lgan Elon Mask, uning ham direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. 

Shunga ko‘ra, Elon Mask Solar Cityni xarid qila olsa, tadbirkor ikkita kompaniya sa'yi harakatlarini birlashtira olgan bo‘lar edi. 

Shu bilan birga, ushbu bitim muvaffaqiyatli amalga oshsa, Tesla haydovchilari elektromobillarini qayta quvvatlantirish uchun quyosh energiyasidan foydalanishlariga imkon yaratilardi. 

Solar City ham bu kelishuvdan yutqazmasligi aniq. U, o‘z ishlanmalarida Tesla Motors ishlab chiqqan Powerwall batareyalari va Powerpack akkumulyatorlar tizimidan foydalana olardi. 

Avvalroq, Tesla Motors kompaniyasi 160 million dona Powerpack batareyalaridan foydalanish AQShni to‘liq muqobil energiya manbasiga o‘tkazish uchun kifoya qiladi, degan fikrni bildirgan edi.