Fan-texnika | 15:01 / 23.06.2016
6843
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Amerikaning o‘z avtomobillari reytingi tuzildi

Vashingtonning Kogoda biznes maktabi Made in America: Auto Index («Amerikada ishlab chiqarilgan: Avtoindeks») nomli tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Buning vositasida, avtomobilning mahalliylashtirilganlik darajasini davlat organlari ma'lumotlariga nisbatan aniqroq bilish mumkin. 

Ikkinchi yildirki, Buick Eclave krossoveri ro‘yxatning birinchi o‘rnini band etib turibdi. 2015-yildagidek, Chevrolet Traverse va GMC Acadia krossoverlari u bilan birinchi o‘rinni baham ko‘rgan.

Qayd etish joizki, reyting mualliflari, davlat organlaridan farqli o‘laroq, butlovchi qismlarning mamlakatda ishlab chiqarilishiga oid keng qamrovli ko‘rsatkichlarni e'tiborga oladi. Misol uchun, ularni yig‘ish joyi, bosh idoraning ishlab chiqarishdan uzoqligiga ham diqqat qaratiladi. AALA federal qonuniga ko‘ra, AQSh yoki Kanadada ishlab chiqilgan avtomobil ehtiyot va butlovchi qismlari hisobga olinadi, xolos. 

Shunday qilib, tanishing, AQSh bozoridagi eng mahalliy avtomobil modellari: 

O‘rni  Model  Ballar

1  Buick Enclave  90

1  Chevrolet Traverse  90

1  GMC Acadia  90

2  Ford F-150  85

3  Chevrolet Corvette  83

4  Chevrolet Equinox  82,5

5  Chevrolet Impala  82,5

5  Chevrolet Malibu E2 Gen  82,5

5  Chevrolet Malibu LTD  82,5

4  GMC Yukon  82,5

4  Cadillac Escalade  82,5

4  Buick LacCrosse  82,5

4  Chevrolet Tahoe  82,5

5  Honda Accord  81

Umuman, Kogoda biznes maktabi ro‘yxatni tuzishda 7ta masalaga oydinlik kiritadi. 

Jumladan, kompaniya bosh qarorgohi AQShdan tashqarida joylashgan bo‘lsa, unga nol ball qo‘yiladi. Aksincha, mamlakatda joylashgan bo‘lsa, 6 ballga loyiq ko‘riladi. Uzatmalar qutisi mahalliy bo‘lsa 7ballga, xorijdan keltiriladigan bo‘lsa, avvalgidek nol ballga ega bo‘ladi.