Jahon | 21:00 / 23.06.2016
8029
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda inson ustida genetik tajriba o‘tkazishga ruxsat berildi

AQSh Sog‘liqni saqlash boshqarmasi qoshidagi Rekombinat DNK bo‘yicha maslahat kengashi inson genetik modifikatsiyasining keng istiqbolli texnologiyasini qo‘llash g‘oyasini tasdiqladi. Gap CRISPR/CAS-9 haqida borib, tadqiqotchilar uning yordamida immun tizimi faoliyati samaradorligini yaxshilashni rejalashtirishmoqda.

Organizmga yuborilgan immun tizimining tahrirlangan hujayralari miyeloma, melanoma, sarkoma va boshqa saraton turlari rivojlanishiga mas'ul hujayralarni qidirib topib, ularga hujum qiladi. Pensilvaniya universiteti olimlari tomonidan taklif qilingan va ikki yil mobaynida davom etadigan tajriba somatik xarakterga ega ekanligini inobatga olish zarur. 

Shunga qaramay bunday texnologiyaning tasdiqlanishi CRISPR texnologiyasining etik jihatdan qo‘llanilishiga doir bahs-munozaralar yechimini topishda qo‘yilgan katta qadam hisoblanadi hamda keng salohiyatli imkoniyatlarni ochib beradi. 

Tajribada 18 nafar ko‘ngilli ishtirokchi qatnashadi. Loyiha amaliyoti uchta ilmiy-tadqiqot markazida o‘tkaziladi: Pensilvaniya universiteti, Xyuston universiteti va Kaliforniya universiteti. 

Shuni ta'kidlash joizki, genetik modifikatsiyalarga doir tajriba faqat AQShdagina emas, balki Xitoyda ham yo‘lga qo‘yilgan. Xitoy bu borada bir qator natijalarga erishishga ham ulgurgan.