Light | 21:40 / 23.06.2016
10098
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik juftlik turmush qurganliklariga 64 yil to‘lishi munosabati bilan qiziqarli fotosessiya uyushtirdi

Muhabbat — ajoyib tuyg‘u. Ushbu muqaddas tuyg‘uning uzoq yillar davomida yashashi uchun uchun har ikki tomondan o‘zaro hurmat talab etiladi. Vang Lidjin o‘z rafiqasi Xuangni 1952 yilda uchratib, undan kostyum tikib berishini so‘rab, buyurtma beradi. Qisqa fursatda bu ikki juftlik uchrasha boshlaydi va bir oz vaqtdan so‘ng turmush qurishadi.  

Yaqinda ushbu juftlik nikoh yubileyining 64 yilligi munosabati bilan ajoyib fotosessiya uyushtirishga qaror qilishdi. 

Yubiley oqshomida yig‘ilgan mehmonlar ichida Vang birgalikdagi turmushiga 64 yil to‘lganligi munosabati bilan rafiqasiga minnatdorchilik bildirdi. 

Vang rafiqasi bilan birgalikda o‘tkazgan daqiqalari muhrlangan suratlarni ehtiyotkorlik bilan saqlab, bugungacha faqat rafiqasi Xuang tikkan kostyumlarni kiyib keladi.   

Mazkur juftlikning baxtli lahzalari aks etgan fotosuratlar ijtimoiy tarmoq va internet foydalanuvchilari tomonidan ijobiy ma'noda muhokama qilinib, sevgi va ishonch ramzi sifatida taassurot qoldirmoqda. 

Birgalikda sport bilan shug‘ullanib kelayotganliklari bois 90 yoshida ham chol-kampirlar juda yosh ko‘rinishmoqda.