Fan-texnika | 21:31 / 23.06.2016
4738
1 daqiqa o‘qiladi

Huawei o‘zining mobil operatsion tizimi ustida ishlamoqda

Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘zining mobil operatsion tizimini ishlab chiqmoqda. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda The Information nashri xabar bermoqda. 

Nashrning ta'kidlashicha, kompaniya bu maqsadda o‘tgan yil oktabrida Apple’ning sobiq kreativ direktori Ebigeyl Broudini operatsion tizim iOS’ga kamroq o‘xshashi uchun yollagan.

Ayni vaqtda kompaniya smartfonlari Android operatsion tizimida ishlaydi, biroq Apple qurilmalarining operatsion tizimi "qobig‘i"ga juda o‘xshab ketadi. Manbaning aytishicha, Broudi operatsion tizimga o‘ziga xoslik kiritish uchun aynan uning tashqi dizayni ustida ishlaydi.

Ta'kidlanishicha, operatsion tizim joriy yildayoq taqdim qilinadi.