Jahon | 10:08 / 23.06.2016
4050
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR raketa uchirgach, rasmiy Seul harbiy qo‘mondonlik majlisini chaqirdi

Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovini amalga oshirgach, Janubiy Koreya mudofaa vazirligi, oliy harbiy rahbariyatning majlisini o‘tkazish to‘g‘risida e'lon qildi, deb xabar qilmoqda «Renxap» agentligi.

Majlisda mamlakat mudofaa vaziri Xan Min Ku rahbarligidagi 150ga yaqin harbiy mulozim ishtirok etadi. Ular shimoliy koreyaliklarning so‘nggi ikkita ballistik raketasi sinovi hamda Seulning unga javobini muhokama etishadi. 

OAV xabariga ko‘ra, Pxenyan kuni kecha «Musudan» tasnifidagi o‘rta masofaga uchadigan 2ta ballistik raketani uchirgan. Shimoliy Koreya markaziy televideniyesida sinov muvaffaqiyatli amalga oshgani hamda raketa Hwasong-10 deb nomlangani haqida xabar qilindi. 

Mamlakat rahbari Kim Chen In raketa parvozini, AQShning Tinch okeani sohillariga zarba berish imkoniyati bilan bog‘ladi. Nazariy jihatdan «Musudan» tasnifidagi raketalar Guam orollariga yetib kela oladi. Bu orollar AQSh tarkibiga kirmagan hududlari hisoblanadi.