17:54 / 23.06.2016
7928

Men ham futbol o‘ynashni bilmayman. Qani meni millionlarim?

Rossiya terma jamoasi Yevropa chempionatini guruh bosqichidanoq tark etdi. Butun mamlakat futbolchilarni tanqid qilmoqda. Ko‘pchilikka futbolchilarning shunday o‘yin bilan ham klublarida millionlab maosh olishlari yoqmagan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rus foydalanuvchilari orasida bir surat mashhur bo‘lib ketdi. Unda multfilm qahramoni bo‘lgan quyon tasvirlangan va surat ostiga «Men ham futbol o‘ynashni bilmayman. Qani mening millionlarim» degan yozuv ilova qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi Yevropa chempionatining V guruhidan o‘rin olgandi. Ruslar guruhda Slovakiya hamda Uelsga imkoniyatni boy berishdi va faqat Angliya bilan durang o‘ynashdi.

Manba: Tribuna.uz

Top