14:03 / 23.06.2016
10647

Mushukcha Amerika televideniyesining jonli efirini uzib qo‘ydi

Boshpanasiz qolgan mushukcha muxbir va tasvirchining e'tiborini tortib, Amerika telekanallarining biridagi jonli efirni uzib qo‘ydi. Noodatiy hodisa haqida BuzzFeed xabar qildi. 

Mahalliy yangilik boshlovchilari Michigan shtatidagi Uoshteno okrugidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportaj olib borayotgan muxbir Nime Shaffening efirini uzatayotgan edi. Biroq buning o‘rniga kamera qo‘lida mushukchani ko‘tarib olgan jurnalistni ko‘rsatdi. U jonivor taxminan olti haftalik ekani va unga Shaffe ishlaydigan telekanal sharafiga Baxtli Yettilik nomi berilganini so‘zlay ketdi. 

Shundan so‘ng, mushukcha muxbir bilan o‘ynay boshladi, boshlovchilar butun jarayonni jonli efirda kuzatib, ro‘y berayotgan voqealarni sharhlab borishdi. Noodatiy reportaj yakunida Shaffe mushukchaga vaqtinchalik boshpana topilganini, keyinroq esa uning egalari izlanishini ma'lum qildi.

Top