Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:53 / 23.06.2016
4614
1 daqiqa o‘qiladi
Noma'lum kimsa Germaniyadagi kinoteatrlardan birida otishma sodir etdi
Noma'lum kimsa Germaniyaning Firnxaym shahridagi kinoteatrda otishma uyushtirdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, bir notanish kimsa qo‘lida pistolet bilan kinoteatrga kirib borgan va havoga qarata bir marta o‘q uzgan. Uning yelkalarida o‘q saqlanadigan anjom bo‘lgan.
Kinoteatr atrofi politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida kinoteatrda jarohatlanganlar soni 20 kishidan 50 kishigacha bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Darmstadter Echo.
Voqealarni mahalliy hokimiyat tasdiqlagan.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish