Obama amerikaliklarni muhojirlardan qo‘rqmaslikka chaqirdi
AQSh prezidenti Barak Obama fuqarolarni muhojirlardan qo‘rqmaslikka chaqirdi, chunki ular Amerikani kuchliroq qiladi.
Avvalroq AQSh Oliy sudi Obamaning 2014 yildagi immigratsion rejasini qo‘llab-quvvatlamadi. Bu reja millionlab noqonuniy muhojirlarga ishlashga ruxsat berishni ko‘zda tutgan.
"Muhojirlar bizning fe'l-atforimizni shakllantirgan va bizni kulchiroq qilgan... Mening qat'iy fikrimcha, immigratsiyadan qo‘rqmaslik kerak. Biz hozir ehtimol bizdek ko‘rinmagan, bizdan o‘zgacha ibodat qiladigan va o‘zgacha familiyaga ega bo‘lganlardan devor bilan himoyalanishimiz kerak emas, chunki amerikalik bo‘lish bundan ancha kattaroq narsadir. Bizni hammamiz teng yaratilganimiz, hammada o‘zining hayotini istagandek yaratishga imkon borligi borasidagi umumiy g‘oyalar amerikalik qiladi", deb aytdi Obama maxsus murojaatida.
Obama shu tariqa AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash uchun Meksika bilan devor qurishga va'dasiga ishora qildi.
Obama AQSh 200 yildan ko‘proq vaqt ichida mamlakatning rivojlanishiga ko‘mak bergan bir necha migratsiya to‘lqinini boshdan kechirganini eslatib o‘tdi.
"Barcha tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xoh irland, polyak, nemis, italyan, xitoylik, yapon, meksikalik va keniyalik bo‘lsin, ular ikkinchi avlodida amerikalikdir, ular biz kabidir. Chunki biz bir xil ko‘rinishga ega emasmiz va bizning familiyalarimiz bir xil emas. Biroq biz millatimiz asoslangan umumiy qadriyatlarga egamiz", deb qo‘shimcha qildi otasi Keniyadan AQShga kelgan Obama.
Noqonuniy migratsiya muammosi AQShda bugungi kunda eng o‘tkir muammolardan biri hisoblanadi, chunki nolegallar ish o‘rinlarini band qiladilar va mamlakat byudjyetiga soliq to‘lamaydilar hamda shu tariqa iqtisodiyotga ziyon yetkazadilar.