Olimlar Marsda yangi mineral aniqlashdi
Olimlar Mars sayyorasida uning qanday rivojlanganini yaxshiroq anglashga yordam beradigan yangi mineral aniqlashdi, deb xabar bermoqda NASA reaktiv harakat laboratoriyasi matbuot xizmati. 2015 yil iyulda Curiosity marsoxodi Geyl krateri tubi bo‘yicha harakatlanganda, Bakskin degan hududda chang namunalarini yiqqan.
Olimlar marsoxod bortidagi rentgen qurilmasi yordamida chang tarkibini tahlil qilib, unda tridimitning katta miqdorda saqlanishini aniqlashdi. Bu olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi, chunki bunday mineral yerda vulqonlardan otilgan jinslar yoriqlarida uchraydi. "Yerda tridimit kremniy vulqonligi deb ataluvchi portlovchi jarayonlar davomida yuqori haroratlarda shakllanadi", deb tushuntirdi PNAS jurnalida chop etilgan tadqiqot muallifi Richard Morris.
Avvalroq sayyorada uchramagan mineral olimlarni Marsning jo‘shqin va portlovchi xarakterga ega bo‘lgan vulqonlar tarixini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.