O‘zbekiston | 18:21 / 23.06.2016
7225
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo taraqqiyot banki missiyasi "Angren" MIZga tashrif buyurdi

Osiyo taraqqiyot bankining konsultativ missiyasi "Inklyuziv o‘sish imkoniyatlariga kirishni ta'minlash: Sanoat modernizatsiyasi uchun malaka va strategiyalar" texnik hamkorlik loyihasi bo‘yicha missiya rahbari Kristina Martinez boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 

OTB konsultativ missiyasi 20 iyunda O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida "Angren" maxsus industrial zonasi (MIZ), Angren shahar hokimiyati, shuningdek "Angren shakar" va "Angren quvur zavodi" korxonalariga tashrif buyurdi, deya xabar beradi "Angren" MIZ matbuot xizmati. 

Uchrashuv davomida Direktsiya va korxonalar rahbariyati tomonidan "Angren" MIZda investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlarga izoh berildi, MIZ hududida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi, shu bilan birga missiyani qiziqtiruvchi savollarga javob olindi.