Sport | 09:06 / 23.06.2016
10665
1 daqiqa o‘qiladi
Ronaldu Yevropa chempionatlari rekordini o‘rnatdi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 22 iyunda Yevropa chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Vengriyaga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga 2 ta to‘p kiritdi, deb yozadi Tribuna.uz. Uchrashuv 3:3 hisobi bilan yakunlandi va ikki jamoa ham pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Endilikda Ronaldu hisobida Yevropa chempionatlari final bosqichlarida urilgan 8 ta gol bor, bu borada 9 ta gol bilan fransuz Mishel Platinigina undan yuqori turibdi.
Portugaliyalik Yevropa chempionatlari final bosqichlarida o‘tkazilgan o‘yinlar miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatdi, uning Vengriya termasiga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi Yevropa chempionatlari final bosqichlaridagi 17-uchrashuvi bo‘ldi.