O‘zbekiston | 16:47 / 23.06.2016
21092
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Prezidenti ShHT Sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 23 iyun kuni O‘zbeksitonga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini me'yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.