Shimoliy Koreya oxirgi raketa uchirilishi muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qildi
Pxenyanda 22 iyunda o‘tkazilgan, o‘rta masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovlari "muvaffaqiyatli" deb ataldi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
Koreya markaziy televideniyesi mamlakat fuqarolariga Hwasong-10 nomli strategik raketa muvaffaqiyatli uchirilganini ma'lum qildi.
Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning raketalar uchirishi bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi.
Seul ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiylari sharqiy sohilbo‘yidan ikkita "Musudan" raketasini uchirganlar, ulardan biri 400 km uchib o‘tgan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shaxsan raketa sinovlarida ishtirok etdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In raketa uchirilishlarini AQShga hujum qilish imkoniyati bilan bog‘ladi. U Tinch okeanidagi AQSh manfaatiga kiruvchi obektlarga hujum qilish imkoniyati borligini aytdi.
Shimoliy Koreyaning Koreya Markaziy telegraf agentligi sinovlar qo‘shni davlatlar xavfsizligiga ta'sir qilmaganini ma'lum qilgan.
Nazariy jihatdan bu raketalar AQSh egalik qiluvchi hudud maqomiga ega Guam oroligacha yetib borishi mumkin.