O‘zbekiston | 10:17 / 23.06.2016
13019
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti ShHTda ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 23 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini me'yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Foto: «Jahon» AA