Janubiy Koreyaning POSCO kompaniyasi O‘zbekistonda sement-beton yo‘l qurdi
Moliya vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning POSCO Engineering & Construction Co. Ltd kompaniyasi Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining A-380 avtoyo‘lining 490-581 kilometri hududida 91 kilometrli sement-beton qoplamli 4 chiziqli avtoyo‘lning qurilishini nihoyasiga yetkazdi.
"Mintaqaviy avtomobil yo‘llarining rivoji. Faza - 1" loyihasi Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Yangi qurilgan avtoyo‘l jahon standartlarining barcha talablariga javob beradi. Bugungi kunda ushbu avtoyo‘lda yuqori tonnali yuk mashinalarini qo‘shganda kuniga 20 000 ta avtotransport harakatlanmoqda.
Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida China Road & Bridge Corporation (CRBC) kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda 40 kilometr asfalt-beton qoplamli A-380 «Guzar-Buxoro-Nukus-Beynau» 2 chiziqli avtoyo‘lini qurdi.
Joriy yildan boshlab O‘zbekiston avtomobil yo‘llari sanoatida yo‘llarning qurilishi va ekspluatatsiyasida, xususan, avtomobil yo‘llarini qoplashda siqilgan sement-betondan foydalanish kabi bir qator texnologik qarorlar ijrosi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, "O‘zavtoyo‘l" kompaniyasining bo‘limlari ham bir qator dasturlarni amalga oshirishmoqda.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy foydalanuvchi avtoyo‘llar tarmog‘i bugungi kunda 42,6 ming kilometrdan oshadi.