16:28 / 24.06.2016
6241

2016 yilda birinchi marotaba Xitoyda turli jinsli egizak pandalar tug‘ildi

2016 yilda Xitoyda ilk bor turli jinsli egizak pandalar dunyoga keldi, deb xabar beradi Sinxua agentligi. Bu haqda Chendu shahrining katta pandalarni ko‘paytirish va tadqiq qilish bazasi ma'lum qildi. Sin'ya urg‘ochisi ikkita ayiqchani eson-omon dunyoga keltirgan.

Dastlab erkak panda dunyoga kelib, uning vazni 170 grammni tashkil qilmoqda. Urg‘ochi pandacha esa 161 gramm vaznga ega. Ona va go‘daklarning sog‘lig‘i barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha barqaror. 

Bu 2016 yilda tug‘ilgan dunyodagi ilk turli jinsli egizak pandalardir.

Top