Jahon | 11:15 / 24.06.2016
7205
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik qiz PlayStation 4 uchun qotillik sodir etdi

AQSh fuqarosi Kayla Dikson PlayStation 4 uchun uning egasini otib o‘ldirgani uchun 40 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi, deb xabar qilmoqda Kotaku portali. 

Sud materiallariga muvofiq, 2014 yili Deniyel Zeyts Craiglist saytiga o‘yin qurilmasini sotayotgani haqida e'lon joylashtirgan. Kayla yigiti bilan e'lon bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilishgan, ammo niyatlari qurilmani o‘g‘irlash bo‘lgan. 

Shundan so‘ng, juftlik Zeyts bilan uchrashgach, unga tashlanishgan, Deniyel qarshilik ko‘rsatishni boshlagach, qiz unga o‘q uzgan. 

Politsiyaga ko‘ra, kayla qilmishiga iqror bo‘lgan va o‘ldirilgan erkak va uning oilasidan kechirim so‘rashni xohlayotganini aytgan.