Iqtisodiyot | 10:33 / 24.06.2016
5752
1 daqiqa o‘qiladi
Brent markali neftning arzonlashuvi rubl kursiga salbiy ta'sir etmoqda
Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishga oid referendum natijalariga oid taxminlar Brent markali neftning arzonlashuviga olib keldi. Uning bir barreli 6,2 foizga arzonlashib, 47,74 dollarni tashkil etmoqda.
Savdolar yakunlariga ko‘ra, oltin aksincha 4 foizga qimmatlashib, uning bir untsiyasi 1307 dollarga baholanmoqda.
Rossiya milliy valyutasi rubl kursi esa, banklararo valyuta bozorida ko‘tarilib ketgani xabar qilinmoqda. U AQSh valyutasiga nisbatan 4 foizga qadrsizlangan va bugungi kunda 1 AQSh dollari uchun 66 rubl berilmoqda. Bunga neft narxi ham salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.