Buyuk Britaniya TIV: Devid Kemeron iste'foga chiqmaydi
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filip Hammondning ma'lum qilishicha, mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron referendumdagi mag‘lubiyat tufayli iste'foga chiqmaydi.
"Men hozircha bosh vazir bilan gaplashib olmadim. Ammo aniq aytishim mumkinki, u o‘z lavozimida qolib, ishini davom ettiradi. Hukumat ham", deya TIV rahbarining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Qayd etish kerakki, Kemeron Buyuk Britaniyaning YeIda qolishi tarafdori hisoblanadi. Referendumdan oldinroq, bir qancha siyosatchilar referendumda Bre[it tarafdorlari g‘alabasi qayd etilsa, bosh vazir lavozimdan ketishini taxmin qilishgandi.
23 iyun kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada yevroskeptiklar mamlakatning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi bo‘yicha referendumda g‘alaba qozondi.