Jahon | 16:48 / 24.06.2016
7752
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Brexit’dan so‘ng, Gibraltar yarimoroliga bo‘lgan huquqini eslab qoldi

Ispaniya Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga oid referendum natijalari e'lon qilingan ekan, Gibraltarda mustaqil bo‘lish huquqini qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Bu haqda, mamlakat tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Garsiya-Margalo bayonot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish natijasi yarimorolning kelajagiga oid bashoratlarni tubdan o‘zgartirib yuborgan. 

«Referendum natijasi vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Va bu Gibraltarda uzoq vaqtlardan bo‘lmagan imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Men birgalikda boshqarishga ishonaman, ammo shu bilan birga qoyada Ispaniya bayrog‘ini ham ko‘rmoqdaman», — degan tashqi ishlar vaziri.

7 kvadrat kilometr maydonga ega Gibraltar yarimoroli shimoldan Ispaniyaning janubiy sohillaridagi Andalusiya hududi bilan chegaradosh. U 1713 yildan Buyuk Britaniya tarkibiga kirgan va ayni vaqtgacha Birlashgan Qirollik boshqaruvi ostida bo‘lib kelmoqda. Ispaniya hukumat esa, bu yarimorolni o‘rta asrlarda boshqarganini ro‘kach qilib, Britaniyaga hududiy da'vo qilib keladi.