Jahon | 18:18 / 24.06.2016
5962
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko ShHTda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni taklif etdi

ShHT sammitining keng doiradagi muzokaralarida ishtirok etgan Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenkoning bayonot berishicha, iqtisodiy hamkorlik ShHTning asosiy hamkorlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim.

"Bizlarning o‘zaro munosabatlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri- iqtisodiy hamkorlik bo‘lishi kerak. ShHT mintaqasida ulkan iqtisodiy salohiyat to‘plangan. Shu bilan birga, Hindiston va Pokiston kabi davlatlarning a'zo bo‘lishi bilan tashkiloning qamrovi yanada kengayadi", — degan Belorussiya prezidenti ShHT sammitida qilgan chiqishida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiy taraqqiyot maqsadlariga xizmat qilishi kerak.