14:26 / 24.06.2016
3021

Honkongdagi ko‘p qavatli binoda chiqqan olovni o‘chirish vaqtida ikki nafar o‘t o‘chirish xodimi halok bo‘ldi

Honkongdagi ko‘p qavatli omborda chiqqan olovni o‘chirish vaqtida ikki nafar o‘t o‘chirish xodimi halok bo‘ldi, 12 nafari jarohatlandi. Yong‘in to‘rt kundan buyon davom etmoqda. Bu haqda “Sinxua” agentligi yozmoqda.

Yong‘in 21 iyun kuni G‘arbiy Koulun tumanida chiqqan. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etish uchun 38 nafar o‘t o‘chirish xodimi, beshta gidromonitorli qurilma va to‘rtta yong‘in avtokrani jalb qilingan. Honkong rahbari Lyan Chjenin ma'muriyatining 23 iyun kuni bergan ma'lumotiga ko‘ra, u halok bo‘lganlar haqida eshitib, qattiq qayg‘uga cho‘mgan.

Honkongning RTHK radiostansiyasi yong‘in chiqqan binoga tutash eski turar-joylarda yashovchilar evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan.

Top