20:21 / 24.06.2016
11231

Prezident Islom Karimov Prezident Tsaxiagiyn Elbegdorj bilan muzokara olib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 iyun kuni Ko‘ksaroyda Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov uchrashuvda Mo‘g‘uliston Prezidentining mamlakatimizga tashrifi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga keng yo‘l ochishini ta'kidladi. 

O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonda hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ko‘p. Turli sohalarni o‘rganish, foydalanilmayotgan resurslarni ishga solish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiladi. 

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalariga e'tibor qaratildi.

Foto: O‘zA

Top