Jahon | 14:23 / 24.06.2016
8834
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Eronning ShHTga qabul qilinishiga to‘siq ko‘rmayapman

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga qabul qilinishi uchun hech qanday to‘siqlarni ko‘rmayotgani haqida ma'lum qildi. Putin bu haqdagi fikrini Toshkent sammiti doirasidagi tor doiradagi muzokaralar vaqtida aytib o‘tgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

"Biz Eronning yadroviy muammosi hal qilinganidan va bu davlatdan BMT sanksiyalari yechilganidan keyin bu davlatning tashkilotga qabul qilinishiga hech qanday to‘siq ko‘rmayapman", degan u.