Sport | 16:13 / 24.06.2016
8657
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu, seni kechiramiz, lekin bizdan mikrofon qarzsan!

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi o‘yin oldidan Correio da Manhã nashri muxbirining mikrofonini suvga uloqtirib yuborgan edi. Bu masala Portugaliyada katta munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Correio da Manhã TV Ronaldudan rasman kechirim so‘rashini talab qilmoqda. Correio da Manhã gazetasi esa Ronalduni kechirdi.

Gazetaning birinchi sahifasida quyidagi so‘zlar yozilib chiqdi: «Ronaldu, seni kechiramiz, lekin bitta mikrofon qarzsan».

Eslatib o‘tamiz, Vengriyaga qarshi o‘yin 3:3 hisobida yakunlangan va o‘yinda Ronaldu ikkita golga mualliflik qilgan edi.