Jahon | 10:56 / 24.06.2016
4395
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy irlandiyaliklar va shotlandlar Britaniyaning YeIda qolishi uchun ovoz bergan

Buyuk Britaniyada mamlakatning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumdan keyin byulletenlarni hisoblab chiqish natijalari shuni ko‘rsatdiki, Shimoliy Irlandiya va Shotlandiya aholisi i Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibida qolishi uchun ovoz bergan. Uelsliklar va Angliya aholisini katta qismi esa Yevroittifoqdan chiqishni yoqlagan. Bu haqda Sky News xabar tarqatgan.

Shimoliy Irlandiyada ovoz berish natijalari hisoblab chiqilgach, Buyuk Britaniyaning ushbu qismidagi barcha saylov okruglari Yevroittifoqqa a'zolikni saqlab qolishni yoqlab ovoz bergani ma'lum bo‘ldi. Ammo hudud ikki qismga bo‘lindi. Irlandiya respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan janubiy qism Buyuk Britaniya Yevroittifoqqa a'zolikni saqlab qolishi uchun ovoz berdi, unionistlar pozitsiyasi kuchli bo‘lgan shimoliy qism esa Brexit’ni yoqlab chiqdi.

Qayd etilishicha, shimoliy irlandiyaliklarning 790 ming nafari referendumda ishtirok etgan. Ularning 55,8 foizlik qismi "Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etishi kerakmi?" savoliga "Yo‘q" javobini bergan.

Shotlandiyada ham saylovchilarning ko‘pchiligi Brexit’ga qarshi ovoz berdi. Edinburgda Brexit’ga qarshi saylovchilarning 74,4 foizi, Glazgoda — 66,6 foizi, Aberdinda — 61,1 foizi ovoz berdi. Shotlandiyada jami 1,66 million kishi Yevroittifoqni yoqlab, 1,01 millioni esa qarshi ovoz berdi.

Bundan oldinroq, ovozlarning ko‘pchiligi hisoblab chiqilgach, Brexit tarafdorlari 51,8 foiz ovoz to‘plagani xabar qilingandi.