S&P: Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uning suveren reytingini pasaytirishi mumkin
Standard & Poor"s (S&P) reyting agentligi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqadigan bo‘lsa, uning ishonchlilik reytingini "AAA"dan (eng yuqori sifatli majburiyatlar) bir necha bandga pasayishini istesno qilmayapti. Bu haqda agentlikning RIA “Novosti” axborot agentligi ixtiyoridagi tahliliy materialida aytilgan.
Material agentlik tomonidan 19 mayda o‘tgan Korporatsiyalar moliyaviy direktorlari uyushmasi uchrashuvi yakunlariga ko‘ra tayyorlangan.
"Mamlakat Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lib qolishi kerak. Bu jamoatchilik fikrining ko‘plab so‘rovnomalariga asoslangan va bukmekerlar kotirovkalari ko‘rinishicha mashaqqat bilan erishiladigan g‘alabani bashorat qilmoqda. Agar ovoz beruvchilar bizni hayratlantirib, ko‘pchilik Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga ovoz bersa, biz Buyuk Britaniyaning institutsional kuchi va uning hukumatining barqaror o‘sishga ko‘maklashuvchi siyosatni shakllantira olishi qobiliyati haqidagi tasavvurlarimizning o‘zgarishi ortida baholashimizni bir necha pog‘onaga pasaytirishimiz mumkin", deyilgan materialda.
Standard & Poor's 30 aprelda Buyuk Britaniyaning suveren reytingini imkoni bor maksimal daraja – "AAA" qilib tasdiqladi. Reytingning keyingi o‘zgarishlari prognozi salbiy bo‘lib qolayotgan edi va agentlik Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi (Brexit) xavfi mamlakat iqtisodiyoti uchun eng ahamiyatlisi bo‘lishidan ogohlantirgandi.
Buyuk Britaniyadagi so‘rovnomalarga ko‘ra, mamlakat YeIda qoladi. Ushbu masala bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda 48 foiz britaniyaliklar mamlakatning YeIni tark etishiga, 52 foizi esa bunga qarshi chiqmoqda. Bundan ovoz berish uchastkalari yopilgandan keyin chop etilgan YouGov so‘rovnomalari natijalari guvohlik bermoqda.