ShHT davlatlari rahbarlari Suriyaning hududiy yaxlitligi saqlanishi tarafdori
ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari tashkilot sammitining yakuniy deklaratsiyasida Suriyadagi siyosiy vaziyatni hal etishga va suriyaliklarga o‘z kelajagini mustaqil ravishda hal etishga chaqirildi.
ShHT davlatlari rahbarlari "Suriyada barqarorlikka erishish, bu davlatning hududiy yaxlitligi, suverenitetini saqlab qolish zarurligini tasdiqlaydi. Suriyadagi siyosiy inqiroz muqobil variantlarsiz hal etilishi, suriyaliklarga o‘z kelajagini mustaqil ravishda hal etishiga yo‘l qo‘yilishi kerak", deyiladi Toshkent deklaratsiyasida.
Shuningdek, ShHT a'zolari Yaqin Sharq va Afrika shimolidagi mavjud siyosiy inqiroz BMT Ustavidagi tamoyillar asosida hamda umum tomonidan tan olingan xalqaro huquq normalariga mutanosib holda zudlik bilan bartaraf etilishi kerakligini ta'kidlashgan.