17:47 / 24.06.2016
7291

Tom Henks bosh rolni ijro etgan “Inferno” filmining yangi treyleri namoyish etildi

Amerikalik yozuvchi Den Braun qalamiga mansub “Inferno” romani asosida ishlangan shu nomdagi filmning yangi treyleri namoyish etildi. Kartinada bosh rolni Tom Henks ijro etgan. Ushbu rolikni Sony Pictures Entertainment kinokompaniyasining YouTube’dagi kanali orqali tomosha qilish mumkin.

Film rejissyori Ron Xovard. Kartinada, shuningdek, Felisiti Jons, Ben Foster, Omar Silar ham rol ijro etishgan. 

«Inferno» — bu «Da Vinchi kodi» va «Farishtalar va jinlar» filmlarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Birinchi treyler 2016 yilning may oyida chiqqan edi.

Top