Fan-texnika | 16:45 / 24.06.2016
3729
1 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp orqali qo‘ng‘iroq qilish miqdori kuniga 100 milliontaga yetdi

WhatsApp hisob-kitobiga ko‘ra, foydalanuvchilar har soniyada mingta qo‘ng‘iroqni amalga oshirishadi. Asosiy holatlarda ular do‘stlariga va qarindoshlariga telefon qilishadi. Bu yana bir bor odamlar messenjerlardan an'anaviy qo‘ng‘iroq qilish vositasida foydalanishini ko‘rsatib berdi. Bu haqda VentureBeat yozmoqda. 

WhatsApp 2015 yilning bahorida qo‘ng‘iroq xizmatini ishga tushirgan edi. Martda bu xizmat Android qurilmalari, aprelda esa iOS qurilmalari uchun ishlaydigan bo‘ldi. Windows Phone dasturlari uchun esa 2015 yilning yozida ishga tushirildi.

2016 yilning fevral oyida kompaniya messenjerning oylik auditoriyasi 1 mlrd.ga yetganligi haqda xabar bergan edi.