Sport | 10:39 / 24.06.2016
4149
1 daqiqa o‘qiladi
YouTube yaponiyalik futbolchini Shotlandiya futboli afsonasi deb tanishtirdi
Yaponiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Shunsuke Nakamura bugun 38 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan You Tube'da Nakamura haqida video taqdim etildi.
Osiyo futbolining eng yorqin yulduzlaridan bo‘lgan Nakamura videoda Shotlandiya futboli afsonasi deb ta'kidlangan. Chunki yaponiyalik futbolchi uzoq muddat Shotlandiyaning «Seltik» jamoasi safida o‘ynagan va klubning eng yaxshi futbolchilaridan bo‘lib tarixdan joy olgan.