AQShning sobiq moliya vaziri respublikachilarni Klintonga ovoz berishga chaqirdi
AQShning sobiq moliya vaziri hamda moliyaviy konglomerat Goldman Sachs sobiq rahbari Henri Polson, mamlakatning Respublikachilar partiyasiga murojaat qilib, partiyaning ehtimoliy nomzodi Donald Trampga ovoz bermaslikka chaqirdi.
U, o‘zining The Washington Post gazetasida e'lon qilgan maqolasida yozishicha, respublikachilar ikki yo‘l chorrahasida turibdi. Chunki, Tramp buyuk partiyani populizm tomon yetaklamoqda.
«Bularning bari, respublikachi sifatida meni tashvishga soladi. Ammo, amerikalik sifatida yanada ko‘proq xavotirdaman. Axir, har bir narsaning chegarasi bor. Shunday ekan, mamlakatni partiya qarshisiga qo‘yib, birgalikda: «Trampga yo‘q» deya baqirish vaqti keldi, — davom etgan Polson.
Polsonning qayd etishicha, u Trampga qarshi chiqayotgan birinchi respublikachi emas.
«Agar ish prezidentlik saylovigacha borgudek bo‘lsa, men Hillari Klinton uchun ovoz beraman. O‘ylaymanki, u iqtisodiyot va mamlakatning dunyodagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lida amerikaliklarni birlashtira oladi. Respublikachilarga keladigan bo‘lsak, aniq bilaman yagona emasman», — deya xulosa qilgan sobiq moliya vaziri.
Barak Obamaning prezidentlik saylovlarida respublikachilar partiyasidan raqibi bo‘lgan Mitt Romni ham Trampni irqchilik qarashlari sabab qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan edi.
Foto:Google image